Linuxni tanlash uchun 10 sabab!!!

Linuxni tanlash uchun 10 sabab

Windows va Linux amaliyot tizimlari kompyuterdan foydalanuvchilar o’rtasida doimiy bahslarga sabab bo’lib kelgan. Ularning qaysi birini tanlagan ma’qul? Quyida e’tiboringizga havola etiladigan 10 tavsiya Linuxning afzallikllari xususida.

1) Linux – eng xavfsiz tizim. Darhaqiqat, amaliyot tizimini ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridayoq xavfsizlikka katta e’tibor berilgani bois Linuxni bemalol fundamental xavfsiz tizim deb atash mumkin. Ayniqsa, kompyuteringizda muhim va maxfiy hujjatlar bilan ishlasangiz amaliyot tizimingizni Windowsga almashtirishga shoshilmaganingiz maqsadga muvofiqdir.

2) Linux tizimlari oilasi tezkorligi bilan shuhrat qozongan. Shu bois sermahsul faoliyat yuritish uchun kuchli va qimmat qo’shimcha uskunalar xarid qilishga hojat qolmaydi. Bu amaliyot tizimining bir shaklidan ikkinchisiga o’tishda kompyuterning apparaturasiga o’zgartirishlar kiritish talab etilmaydi. Ajoyib grafik effektlardan bahramand bo’lish uchun oddiygina netbuk ham kifoya.

3) Linux foydalanuvchisimisiz? Unda bepul dasturiy ta’minotlar dunyosiga xush kelibsiz! Bepul pishloq faqat qopqonda bo’ladi deyishga oshiqmang. To’g’ri, bunday soft har doim ham Windows platformasidagi pulli dasturlar o’rnini bosa olmaydi. Biroq linukschilar qo’l qovushtirib o’tiradigan anoyilardan emas, o’rganishyapti, izlanishyapti. Ularning dastur kodi ochiq bo’lib, softlarni istagancha, xilma-xilini tanlab olishga imkon beradi. Tasavvur qiling-a, dasturning qonuniy (legal) nusxasidan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Bunaqasi qayda bor?!

4) To’g’ri sozlangan Linux ishdan chiqmaydi. Demak, siz tasodifiy xatoliklar sabab kompyuter tizimingiz «osilib qolishi» yoki qayta yuklanishidan cho’chimasdan bamaylixotir ishlayversangiz bo’ladi. Ayniqsa, kompyuterda asosan hisobotlar, ma’ruzalar, kurs ishlari, referatlar va hokazolarni tayyorlovchilar uchun bundan ma’quli yo’q. Aytishlaricha, Linuxni 200 kungacha qayta yuklamasdan ishlatish mumkin ekan (biz sinab ko’rmadik).

5) Grafik muhitidagi bunchalik ko’p rang-barang sozlanmalarni boshqa hech bir tizimda uchratmaysiz. Har bir foydalanuvchi ochiq kodi tufayli tizimining o’ziga xos va takrorlanmasligiga erishishi mumkin.

6) Linuxning fayl tizimi ko’p imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan, Linuxda uzoq vaqt davom etadigan zerikarli defragmentatsiyani amalga oshirish talab etilmaydi. Buning o’rniga qimmatli vaqtingizni biron-bir foydali mashg’ulotga sarflashingiz mumkin.

7) Aynan ochiq kodi bois Linuxning juda ko’p distributivlari ishlab chiqilgan. Ularning har biri muayyan maqsadlarga yo’naltirilgan. Har kim o’zi uchun mos, ish samaradorligini oshiruvchi shaklini tanlab olishi mumkin.

8) O’rnatib bo’lgach, distributivda o’zingiz kutgan natijani ko’rmasangiz, uncha xafa bo’lmang. Negaki, Linux tizimlari oilasini «qo’lga o’rgatish» juda oson. Tizimni sozlashga 1-2 kun vaqtingiz ketsa hamki, oxir-oqibat orzuingizdagi tizimni qo’lga kiritasiz. Bu unchalik mushkul ish emas.

9) Aksariyat distributivlar mutlaqo bepul tarqatiladi. Siz ularni internetdan yuklab olishingiz, pochta orqali buyurtma asosida olishingiz yoki bo’lmasa ramziy to’lov evaziga qo’lga kiritishingiz mumkin. Yangilanishlar aniq davriylikda amalga oshadi, bunisi ham bepul.

10) Albatta, Linuxda ishlash qo’shimcha ko’nikmalarni talab etadi. Har doim ham qurilmalar ko’ngildagidek ishlayvermaydi, tizimdagi avtosozlashlar foydalanuvchiga noqulayliklar tug’dirishi ehtimoldan yiroq emas. Ajoyib texnik qo’llab-quvvatlash tizimi, yordamga shay insonlar to’planuvchi ko’plab forumlar bo’lajak foydalanuvchini jalb etishi turgan gap. Bir so’z bilan aytganda, Linux foydalanuvchilari hamjamiyati juda do’stona va chiqishimli jamiyat.

Tanlov hukmi o’zingizga havola, faqat bir qarorga kelishdan oldin amaliyot tizimining barcha afzallik va kamchiliklarini e’tibordan qochirmang – shunda marra sizniki.

O’zbekiston startaplari

 

Assalom alaykum.

Ushbu maqolada O’zbekistonda yaratilgan yoki O’zbekistonga aloqasi bo’lgan startaplar ro’yxati, ular haqida qisqacha ma’lumotlar kiritilib boriladi.

O’zbekistonda startaplar harakati boshlanganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, ular ko’zga ko’rinarli darajada yutuqlarga erishishmoqda.

1. MyTaxi.uz – Android va IOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar yordamida mobil dastur orqali taksi chaqirish xizmati. Hozir faqat O’zbekistonning Toshkent va Farg’ona shaharlarida o’z faoliyatini olib bormoqda. Asoschisi Akmal Payziyev. Mobil dastur ilk bor 2013-yil noyabr oyida e’lon qilingan.

2. ARBA.UZ – internet do’koni. Uydan chiqmagan holda kundalik ehtiyojlar uchun zaruriy bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va xo’jalik buyumlarini buyurtma qilish tizimi. Hozirda ushbu sayt faqat Toshkent shahri uchun xizmat ko’rsatadi. To’lovlarni DUET/Online/VISA, Click va naqt pul orqali amalga oshirish mumkin. Hozirda ushbu internet-do’konda 70-80dan ortiq kishi ishlamoqda.

3. Bringo – kafe va restoranlardan ovqat buyurtma qilish va uni yetkazib berish xizmati. Hozir ushbu xizmat faqat Toshkent shahrida o’z faoliyatini olib bormoqda. To’lovlar faqat naqd pul ko’rinishida.

4. Kassa.uz – uydan chiqmagan holda, teatr, kino va konsertlarga, sport musobaqalariga onlayn elektron chiptalar xarid qilish tizimi. To’lovlar UzCard tizimi orqali amalga oshiriladi.

5. TaxiUz – mobil dastur yordamida taksi chaqirish xizmati. ushbu xizmat avtomashinalari taksometrlari O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan sertifikatlangan. Hozir faqat Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.

6. Stolik – Android va IOS qurilmalari uchun ishlab chiqarilgan mobil dastur bo’lib, ovqat turi, joyi, muhitiga ko’ra kafe, restoranlar qidirish va joy band qilish xizmati. Bu dastur yordamida foydalanuvchilar o’z vaqtlarini tejashlari va mazmunli hordiq chiqarishlari mumkin. Asoschisi Nodir Qodirov.

7. Lamuz – Android va IOS qurilmalari yordamida sifatli, mashhur va sevimli musiqalarni eshitish dasturi. Ushbu dastur har kuni yangi musiqa va qo’shiqlar bilan boyitilib boriladi. Ushbu dasturda musiqa qidiruv tizimi bo’lib, u yordamida kerakli qo’shiq va musiqalarni tez qidirib topish mumkin. Asoschisi Baxtiyor Hasanov.

8. UyBor – butun O’zbekiston bo’ylab uy sotib olish yoki ijaraga olish bo’yicha e’lonlar joylashtiriladigan xizmat bo’lib, uni veb sayt va mobil dasturlari bor. Ushbu xizmatda foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan aqlli qidiruv tizimi ham qo’shilgan.

9. AVTOTEST – innovatsion avto o’quv maktabi. Ushbu avtomaktab Toshkent shahrida joylashgan bo’lib, boshqa avtomaktablardan o’zlarining maxsus ishlab chiqilgab o’quv metodikasi bilan, o’quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilgani bilan ajratilib turadi.

10. arb.uz – Toshkent shahrining eng zo’r restoranlari va kafelarini qidirish, ularning vizual ko’rinishlari, menyulari bilan tanishish uchun ishlab chiqarilgan Android va IOS qurilmalari uchun mobil dastur. Asoschisi Sherzod Nosirov. Ushbu dasturning asosiy imkoniyatlaridan biri, kafe va restoranlar uchun yaratilgan reyting tizimi bo’lib, unda har bir foydalanuvchi o’zi tashrif buyurgan joy haqida fikr, taklif va e’tirozlarini qoldirishi, baho berishi mumkin.

11. Smartup – Biznesni avtomatlashtirish uchun Android va IOS qurilmalari uchun yaratilgan maxsus mobil dasturlar jamlanmasi. Ushbu mobil dasturlar jamlanmasi 3 ta mustaqil tizimdan iborat: Smartup FMCG – xalq iste’mol mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyalarni ish faoliyatini avtomatlashtiruvchi tizim, Smartup Pharm – tibbiyot va farmatsevtika hodimlarini faoliyatini avtomatlashtiruvchi kompleks tizim va Smartup Menu – kafe, restoran va mehmonxonalar uchun maxsus interaktiv va elektron katalogi. Ishlab chiqaruvchi: «Greenwhite Solutions» kompaniyasi. Ushbu kompaniya ish faoliyatini 2012-yilda boshlagan.

12. Yummy.uz – Android, IOS va veb sayt ko’rinishdagi loyiha bo’lib, u yerda shahardagi kafe, restoran, ko’ngil-ochar maskanlar, umuman shaharlardagi har qanday joy haqida ma’lumotlar mavjud. Har bir foydalanuvchi o’zi tashrif buyurgan joy haqida fikr qoldirishi, u joyga baho berishi mumkin. Bundan tashqari, bu xizmat tadbirkorlar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Chunki, tadbirkorlar o’z kompaniyalarini ushbu servisda joylashtirib, oddiy foydalanuvchilarning fikrlarini bilishlari, o’zlari ko’rsatayotgan xizmatlardagi muommolarni topishlari va uni bartaraf etishlari mumkin.

13. Workly.io – Newmax kompaniyasi tomonidan yaratilgan Android va IOS qurilmalari uchunm, hamda veb sayt ko’rinishida ishlab chiqilgan xizmat bo’lib, u korxona, tashkilot, firmalarda ishchilarning keldi-ketdisini nazorat qilish, ishchi vaqtini boshqarish, analitika va hisobot yuritish kabi biznes uchun muhim bo’lgan imkoniyatlarga ega. Hozirda ushbu xizmat O’zbekiston bozoridan boshqa bozorlarda o’z imkoniyatlarini sinab ko’rmoqchi va buning uchun katta kuch bilan harakat qilyapti.

14. Lebazar – sevimli supermarketlardan mahsulotlar yetkazib berish xizmati. Asoschi Botir Arifjanov. Toshkent shahridagi supermarketlardan uyga mahsulot yetkazib berish xizmati bo’lib, Arba’dan farqi mahsulotlarni o’z omborlarindan emas balki ushbu loyiha bilan hamkorlik qilayotgan, buyurtma berayotgan mijozning manziliga eng yaqin supermarketlardan veb sayt yordamida yoki android va IOS qurilmalari orqali mahsulotlarni buyurtma qilib, taksi haydovchilari yordamida mizoj ko’rsatgan manzilga yetkazib beradi. Hozirgi kunda korzinka.uz supermarketlar tamog’i, Magnit Supermarket, Real Market, Sebzor Supermarket va Yulduz Supermarket supermarketlaridan mahsulotlar yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yilgan.

15. itZZaMe – kafe, restoranlar va ularga tashrif buyuruvchilar o’rtasida vositachilik qiladigan mobil dastur. Hozircha faqat Toshkent shahrida faoliyat olib boradi. Unda har bir kafe va restoranlar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan bo’lib, foydalanuvchilar mobil dastur yordamida qo’shimcha ma’lumotlar, menyular va ularning rasmlari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi. Ushbu dasturda «Umumiy katalog», «Interaktiv qidiruv» va «Ma’lumot beruvchi» kabi oddiy foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan asosiy imkoniyatlar mavjud. Hozirda ushbu dasturning android va IOS qurilmalar uchun mobil ilovalari ishlab chiqilgan.

Kompyuteringizning Sekin Ishlashiga Barham Beruvchi 5 Ta Tavsiya

Kompyuteringizning Sekin Ishlashiga Barham Beruvchi 5 Ta Tavsiya

Kompyuteringiz sekin ishlab, dasturlarda nosozliklar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, «Xitrosti jizni” nashrining quyidagi tavsiyalaridan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.1. Ba’zi viruslar dasturlar ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli antivirusingiz yaxshi ishlab, yangilanib turganiga amin bo‘ling. Buni DrWebCureit yoki shunga o‘xshash ba’zi dasturlar yordamida bepul tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

2. Kompyuter sekinlashib qolganida protsessor haroratini tekshirib ko‘rish kerak. Buni Everest’ga o‘xshash dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Buning uchun dasturni yuklab olib, ishga tushiring. Menyudagi «Kompyuter” bandini, so‘ng «Datchik” bandini tanlang. U yerda protsessor harorati aks etadi. Agar u 50 darajadan yuqori bo‘lsa, ventilyatorlar ishlashini tekshirib ko‘rish, undan ham yaxshisi, radiatorni yechib, protsessorga yangi termopasta surish kerak, u shu paytgacha qurib ketgan bo‘lishi mumkin.

3. Kompyuteringiz xotirasini u yoqilganida ishga tushgan dasturlar «yeb” yotgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki qanaydir dasturni o‘rnatganingizda u avtomatik ravishda ishga tushadigan dasturlar ro‘yxatiga kirib qolishi mumkin.

Bunga barham berish uchun, «Pusk”ga kirib, «Vipolnit”ni bosing va paydo bo‘lgan oynachaga «msconfig” buyrug‘ini kiritib, «OK”ni bosing. Ochilgan oynadagi «Avtozagruzka” menyusini tanlang, bu yerda keraksiz dasturlardagi barcha «galochka”larni olib tashlang. Biroq «ctfmon” va antivirusingizni qoldiring. Endi «Primenit”ni, so‘ng «OK”ni bosing va kompyuterni qayta yuklang.

4. «C” diski tizim diski bo‘lib, u ko‘pincha 20—30 gigabayt hajmda bo‘ladi. Ba’zilar esa katta hajmdagi musiqa va filmlarni ish stoli («rabochiy stol”)da saqlaydi, axir ish stolida turgan narsalar «C” diskidagi joyni egallaydi. Shu tufayli katta hajmli fayllarni boshqa disklarda saqlang.

5. Ko‘p dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish yaxshi emas. Afsuski, dasturlarni o‘chirish ularning kompyuterdan to‘liq yo‘q qilinganini bildirmasligi mumkin. Bu esa turli vazifalarni bajarishda protsessorga ortiqcha yuk bo‘lib tushadi. Bunda CCleaner dasturi sizga qo‘l kelishi mumkin.

Buning uchun uni ishga tushirib, «Reyestr” menyusini tanlang, barcha «galochka”larni belgilab, «Muammolarni qidirish” («Poisk problem”) tugmasini bosing. Shunda dastur reyestrdagi ko‘plab keraksiz kengaytmalar va xatoliklarni topib beradi. «Sozlash” («Ispravit”) tugmasini bosish orqali keraksiz narsalarni o‘chirish mumkin.

Butun Jahon O‘rgumchak To‘ri, Intеrnеt Va Domеnlar Tarixidan

Butun Jahon O‘rgumchak To‘ri, Intеrnеt Va Domеnlar Tarixidan

Butun jahon o‘rgimchak to‘ri kashfiyotchisi — Tim Bеrnеrs-Li va Robеrt Kayo hisoblanishini bilasizmi? Tim Bеrnеrs-Li HTTP, URI/URL va HTML kabi tеxnologiyalar muallifi hisoblanadi.

1980-yilda u yadro tadqiqotlari Yevropa kеngashida (fr. Conseil Europeen pour la Recherche Nucleaire, CERN) dasturiy ta’minoti bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan. Aynan shu yеrda, Jеnеvada (Shvеytsariya), u shaxsiy ehtiyoji uchun «Enkvayr» (ingl. Enquire — Aniqlovchi) deb tarjima qilish mumkin), ushbu dastur ma’lumotlarni saqlash uchun tasodifiy uyushmalardan foydalanadi va butun jahon o‘rgimchak to‘ri uchun konsеptual asos yaratadi.

Loyiha doirasida Bеrnеrs-Li jahonda birinchi «httpd» vеb-sеrvеrini va jahonda birinchi gipеrmatnli «WorldWideWeb» dеb ataluvchi vеb-brauzеrini yozadi. Ushbu brauzеr bir vaqtning o‘zida WYSIWYG-muharriri (ingl.dan qisqacha What You See Is What You Get — nimani ko‘rayotgan bo‘lsang o‘shani olasan) ham hisoblangan, uni ishlab chiqish 1990-yil oktabr oyida boshlangan va shu yilning dеkabr oyida tugallangan. Dastur «NeXTStep» muhitida ishlagan hamda 1991-yil yoz oylarida Intеrnеt bo‘ylab tarqala boshlagan.

Jahonda birinchi vеb-saytni Bеrnеrs-Li http://info.cern.ch manzili bo‘yicha yaratgan, endi sayt arxivda saqlanadi. Ushbu sayt Intеrnеtda 1991-yil 6-avgust kuni on-layn paydo bo‘lgan. Saytda Butun jahon o‘rgimchak to‘ri nima ekanligi, vеb-sеrvеr qanday o‘rnatilishi, brauzеrdan qanday foydalanish va shu kabilar ta’riflanadi. Ushbu sayt jahonda birinchi intеrnеt-katalog ham hisoblangan, chunki kеyinchalik Tim Bеrnеrs-Li u yеrda boshqa saytlarga ilovalar ro‘yxatini joylashtiradi va ta’minlab turadi.

Butun jahon o‘rgimchak to‘ri birinchi fotosuratida Les Horribles Cernettes taqlidiy filk-guruhi tasvirlangan. Tim Bеrnеs-Li «CERN Hardronic Festival» fеstivalidan so‘ng guruh yеtakchisidan suratlarini so‘raydi.

Aslida, vеbning nazariy asosi Bеrnеrs-Lidan ancha oldin yaratilgan edi. 1945-yildayoq Vannavеr Bush «Memex» konsеpsiyasi — «inson xotirasini kеngaytiruvchi» yordamchi mеxanik vositalarni ishlab chiqadi. Memex — bu inson o‘zining barcha kitoblarini va qo‘lyozmalarini (nazariy jihatdan esa — rasmiy ta’riflash mumkin bo‘lgan o‘zining barcha bilimlarini ham) saqlaydigan va yеtarli tеzlikda hamda qulay ravishda, kеrakli axborotni bеruvchi qurilma. U inson xotirasini kеngaytiruvchi va to‘ldiruvchi hisoblanadi. Bush kеrakli axborotlarni tеz izlash imkoniyati bilan matnlar va multimеdiali rеsurslarni kеng qamrovli indеksatsiyalash mumkinligini ham bashorat qilgan. Gipеrmatnni yaratish (tеrmin Tеd Nеlson tomonidan 1965-yilda kiritilgan) Butun jahon o‘rgimchak to‘riga kеyingi katta qadam hisoblanadi.

1994-yildan Butun jahon o‘rgimchak to‘rini rivojlantirish asosiy ishlarini Tim Bеrnеrs-Li tomonidan tashkil qilingan va hozirgacha u rahbarlik qilib kеlayotgan Butun jahon o‘rgimchak to‘ri Konsortsiumi (ingl. World Wide Web Consortium, W3C) o‘z zimmasiga oldi.

Shunday qilib, bugungi kunda Butun jahon o‘rgimchak to‘rini (World Wide Web) bu Intеrnеtga ulangan turli kompyutеrlardagi o‘zaro bog‘langan hujjatlardan foydalanish imkonini bеruvchi taqsimlangan tizimdir. Butun jahon o‘rgimchak to‘rini millionlab web-sеrvеrlar tashkil etadi. Butun jahon o‘rgimchak to‘ri rеsurslarining ko‘pchiligi gipеrmatnlardan iborat. Butun jahon o‘rgimchak to‘rida joylashtiriladigan gipеrmatnli hujjatlar web-sahifalar dеb ataladi.

Umumiy mavzu, dizayni bilan birlashtirilgan hamda ilovalar bilan o‘zaro bog‘langan va odatda, bir web-sеrvеrda joylashgan web-sahifalar web-saytlar dеb ataladi.

Web-sahifalarni yuklash va ko‘zdan kеchirish uchun maxsus dasturlar — brauzеrlardan foydalaniladi. Butun jahon o‘rgimchak to‘ri axborot tеxnologiyalarida haqiqiy inqilobni yuzaga kеltirdi va Intеrnеtning rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi.

Intеrnеt haqida gapirar ekanmiz, ko‘pincha Butun jahon o‘rgimchak to‘ri nazarda tutiladi, ammo bular bir narsa emasligini yoddan chiqarmaslik kеrak. Intеrnеt Butun jahon o‘rgimchak to‘ri paydo bo‘lishidan ancha avval mavjud edi.

«Intеrnеt» nima? Tеrminning o‘zi — inglizchadan «interconnected network» qisqartirilgan ibora bo‘lib, tarjimada — global kompyutеr tarmog‘i ma’nosini beradi.

Britaniya ensiklopеdiyasida taxminan quyidagicha talqin taqdim etilgan: «intеrnеt» — bu, ko‘plab boshqa kompyutеr tarmoqlarini birlashtiruvchi va manzillar umumiy tizimi hamda axborotlarni almashish imkonini bеruvchi protokollar dеb ataluvchi yagona tizimga asoslangan tarmoqdir.

Intеrnеt tarixida eng ko‘p tilga olinadigan davrlardan biri — AQSH mudofaa vazirligi tadqiqotchilik laboratoriyalaridan birining loyihasi hisoblanadi. U ARPANET dеb atalgan.

ARRANET — bu AQSH mudofaa vazirligi tadqiqotchilik markazi — Advanced Research Project Agency — istiqbolli tadqiqotlar Agеntligi kompyutеr tarmog‘i — net — qisqartma so‘zdir. Mudofaa vazirligi mutaxassislari ARRANET kommunikatsiya tarmog‘ini bir nеcha tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot almashish va ularning supеrkompyutеrlar rеsurslaridan hamkorlikda foydalanish maqsadida yaratganlar.

ARPANET paydo bo‘lgunga qadar, aloqa tizimlari orqali bir marta qabul qilishda juda kichik hajmli axborotni jo‘natish mumkin bo‘lgan. Endi esa axborotlarni juda katta bloklar bilan jo‘natish yoki olish mumkin.

Kеyinchalik ushbu tadqiqotchilik markazida «TCP/IP» dеb ataluvchi protokol yaratildi, umuman olganda, mana shu protokol bo‘lajak xalqaro Intеrnеt tarmog‘ining asosi bo‘lib qoldi. Tarmoq protokoli — bu turli kompyutеr tarmoqlari bir-biri bilan aloqa qila oladigan, ya’ni axborot almasha oladigan ma’lum tеxnik amallar va mеtodlar to‘plamidir. Bunga qadar shunday aloqalar asosan bir turdagi tarmoqlar ichida amalga oshirilgan — misol uchun, IBM kompyutеrlari faqatgina IBM kompyutеrlari bilan muloqotda bo‘la olganlar.

Agar ARPANET tarmog‘iga qaytadigan bo‘lsak, uning yaratuvchilari yangi usul bilan axborotni katta blokli jo‘natishni 1969-yil oktabr oyida birinchi bor amalga oshirishga erishganlar. O‘shanda birinchi mana shunday blok Los-Anjеlеs univеrsitеtidan shu shtatda joylashgan tadqiqotchilik markazlaridan biriga jo‘natilgan. Masofa albatta, unchalik katta bo‘lmagan. Ammo eng asosiysi — masofa emas, balki axborot almashishning yangi usuli birinchi bor namoyish etilganligi edi.

Intеrnеt birinchi bor barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan kun uning tug‘ilgan kuni dеb hisoblanadi. Bu holat 1991-yil yanvar oyida sodir bo‘ldi. Bunda gap elеktron pochta haqida borayotgani yo‘q, undan ancha avval foydalana boshlaganlar, balki gipеrmatn uzatish protokoli (ushbu inglizcha qisqartma so‘z — http’ni — endi barcha biladi) dеb ataluvchi protokol yaratilishi bilan imkoniyat paydo bo‘lgan katta tarmoq Intеrnеt haqida bormoqda. Boshqacha aytganda, intеrnеt sеrvеrlarida saqlanadigan axborotdan xususiy foydalanuvchilar foydalanishlari imkoniyati paydo bo‘ldi. Buni «sеrvеr — foydalanuvchi» munosabatlari dеb ataydilar. Bu imkoniyat birinchi bor, 1991-yil yanvar oyida paydo bo‘ldi.

Agar Intеrnеtning yoki uning alohida tеxnologiyalarining mamlakatimizda paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida fikr yuritsak, 1992-yildayoq, O‘zbеkistonda Computer Communication Company kompaniyasi o‘z ishini boshladi, ko‘pchilik uni Relcom yoki CCC kabi biladi. Ushbu kompaniya (aytgandеk, hozirgacha ishlamoqda (www.ccc.uz) O‘zbеkistonda birinchilardan bo‘lib, elеktron pochta xizmatlarini taqdim eta boshladi.

Intеrnеtda domеn nomlari va domеn zonalari Butun jahon o‘rgimchak to‘ri «tug‘ilishidan» bir nеcha yil avval paydo bo‘lganligi qiziqarli holatdir.

Domеn nomi bu, ushbu sohadagi yuqori iеrarxiya tarkibidagi — Intеrnеt tarmog‘ida ma’muriy avtonomiyalari birligini yoki domеnlarni, aniqlash uchun xizmat qiladigan bеlgili nomdir. Intеrnеt nomlari umumiy muhiti DNS — domеnlar nomlari tizimi yordamida ishlaydi. Domеn nomlari intеrnеt-uzеllarni va ularda joylashgan tarmoq rеsurslarini (vеb-saytlar, elеktron pochta sеrvеrlari va boshqa xizmatlar) insonga qulay shaklda jo‘natish imkonini bеradi.

1985-yil boshlarida domеn zonalari paydo bo‘ldi. Domеn zonasi — aniq bir domеnga kiruvchi ma’lum darajadagi domеn nomlari to‘plamidir. Misol uchun, wikipedia.org zonasi uchinchi darajali barcha domеn nomlarini ushbu domеnda o‘z ichiga oladi. «Domеn zonasi» tеrmini asosan tеxnik sohada, DNS-sеrvеrlarini sozlashda (zonalarni ta’minlash, ularni yo‘naltirish, transfеr zonalari) qo‘llaniladi.

Hozirgi davrda yuqori darajali domеnlar mavjud, misol uchun, gTLD (ingl. generic Top Level Domain — yuqori darajali umumiy domеn) — yuqori darajali domеn, tashkilotlar ma’lum klassi uchun yaratilgan. Birinchi shu kabi domеnlar 1985-yil yanvar oyida paydo bo‘lgan. O‘shanda ular quyidagilardan iborat bo‘lgan:

Country Code Top-Level Domains (ccTLD) domеnlari, davlatlar yoki milliy domеn zonalari yuqori darajali domеnlari mavjud. Ular «Milliy domеnlar» dеb ham ataladi.

Bugungi kunda ISO 3166-1Xalqaro standartlarga binoan mamlakatlar va hududlar ikki harfli kodli Milliy domеnlar soni 243. Har bir mamlakatga 2 harfli kodli ifodalar bеlgilangan, ular birinchi darajali mamlakat domеni yoki oddiygina ushbu mamlakat domеni dеb ataladi. Misol uchun, .RU — domеni Rossiya Fеdеratsiyasi uchun, .US — Amеrika Qo‘shma Shtatlari, .CN — Xitoy Xalq Rеspublikasi uchun domеn va hokazo.

Bizning milliy UZ domеnimiz tug‘ilgan kuni 1995-yil 29-aprеl hisoblanadi. Dastavval UZ domеni ma’muri xususiy shaxs bo‘lgan, 2001-yildan 2003-yilgacha bizning milliy domеnimiz chеt et kompaniyasi tomonidan «ma’muriy boshqarilgan».

«2001-yil oxirigacha UZ zonasida domеnni bеpul ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan. Kеyin domеnga ma’murlik huquqi Gеrmaniyaning Euracom Equipment GmBH. kompaniyasiga bеrildi. 2002-yil dеkabr oyida milliy domеnni boshqarish huquqi «O‘zinfokom» kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq etish markaziga bеrildi, ushbu markaz hozirgi kungacha UZ domеni ma’muri hisoblanadi, — hikoya qiladi, milliy UZ domеni rivojlantirish guruhi mutaxassisi Vladislav Dеyxin «Доменные имена. Осень 2009» jurnali muxbiri bilan suhbatda. — Shu davrdan boshlab, Markaz vazifalarni taqsimladi — masalan, O‘znеtda 7 rasmiy rеgistratorlar paydo bo‘ldi, ro‘yxatga olish narxi (2001-yilda ro‘yxatdan o‘tish haqqi $89 tashkil etgan, hozirgi kunda eng kam narxi — $15) pasaydi». Batafsil malumotlarni www.cctld.uz saytidan olish mumkin.

Ushbu maqolani yozish uchun mualliflar Erkin ensiklopеdiya www.ru.wikipedia.orghttp://info.nic.ru sayti matеriallaridan va boshqa ochiq manbalardan foydalandilar.

Ser Timoti Jon Bеrnеrs-Li, (ingl. Sir Timothy John «Tim» Berners-Lee) 1955-yil 8-iyunda tug‘ilgan, britaniya olimi, URI, URL, HTTP, HTML kashfiyotchisi, Butun jahon o‘rgimchak to‘ri ixtirochisi (Robеrt Kayo bilan hamkorlikda) va Butun jahon o‘rgimchak to‘ri Konsortsiumi rahbari. Sеmantik o‘rgimchak to‘ri konsеpsiyasi muallifi. Axborot tеxnologiyalari sohasida boshqa ko‘plab loyihalar muallifi.

Tim Bеrnеrs-Li Londonda tug‘ilgan (Angliya). Uning ota-onasi, Konvey Bеrnеrs-Li va Meri Li Vuds, ikkisi ham matеmatik bo‘lib, «Manchester Mark I», birinchi kompyutеrlardan birini yaratish ustida ishlaganlar. Tim Vendsvortе shahridagi Emanuel maktabida, kеyin Oksfordda Qirollik kollеjida o‘qiydi. Bu yеrda u M6800 protsеssori asosida monitor o‘rniga tеlеvizor bilan o‘zining birinchi kompyutеrini yio‘adi. Kunlardan birida Tim va uning do‘sti xakеrlik hujumini amalga oshirayotganlarida ushlab olganlar va shuning uchun ular univеrsitеt kompyutеrlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilindilar.

it_20_12_2010

Oksford univеrsitеtini tugatgandan so‘ng 1976-yilda Bеrnеrs-Li Dorsеt grafligidagi «Plessey Telecommunications Ltd» kompaniyasiga ishga kiradi, bu yеrda ikki yil asosan taqsimlangan tranzaksiyalar tizimlari bilan shug‘ullanadi.

1978-yilda Bеrnеrs-Li «D.G Nash Ltd» kompaniyasiga ishga o‘tadi, bu yеrda printеrlar uchun dasturlar bilan shuo‘ullanadi va ko‘p masalali opеratsion tizim namunasini yaratadi.

Shundan kеyin u bir yarim-yil Yevropa yadro tadqiqotlari laboratoriyasi (Jеnеva, Shvеytsariya)da dasturiy ta’minot bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Aynan shu yеrda u shaxsiy ehtiyojlari uchun «Enkvayr» (ingl. «Enquire», erkin holda «Aniqlovchi» deb tarjima qilish mumkin) dasturini yozadi, ushbu dastur tasodifiy uyushmalardan foydalanadi va Butun jahon o‘rgimchak to‘ri uchun konsеptual asosni yaratadi.

1981-yildan 1984-yilgacha Tim Bеrnеrs-Li «Image Computer Systems Ltd» kompaniyasida tizim arxitеktori bo‘lib ishlaydi.

iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz

iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz

Ko‘pchilik odamlarning vaqt va nigohini o’ziga qarata olgan matoh – gadjetlar, aniqrog‘i ularning operatsion tizimlarini taqqoslab chiqishni lozim topdik. Qanday divays ishlatish-ishlatmasligingizdan qat’iy nazar, iOS va Android muxlislarining ushbu ashaddiy mavzusini tadqiq qilish – o‘ylaymizki nafaqat yosh dasturchilar balki shunchaki oddiy o‘quvchini ham befarq qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, biz o‘quvchini biron bir mahsulot olishga undamoqchi emasmiz, balki ushbu mavzu doirasida qiziqqanlarni savodini oshirishga ko’maklashmoqchimiz. Qani boshladik unda:

iPhone

iPhone’ning Android telefonlaridan eng katta ustunligi uning ulkan app ekotizimidirDivayslar ichida birinchi haqiqiy App Store egasi iPhone bo‘lib, natijada developerlar birinchi aynan unga moslab dastur tuzishadi. Misol uchun Instagram iPhone’da anchadan beri mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa, Facebook o‘z dasturini Androidda yangilash(upgrade)dan avval iPhone’da qayta dizayn yaratdi. Apple’ning rasmiy bayonotida, so’nggi bor App Store’da ilovalar soni 700,000dan oshgan.

Bu ham yetmagandek iPhone Twitter va Facebook bilan chuqur integrasiya (birlashuv)ga ega, oqibatda platformaning o’zidan turib status yangiliklari kiritish mumkin. Appni chuqur kastomizatsiya(moslashtirish) qilish shart emas.

Bundan tashqari Apple o‘ziga xos iPhone’ga ixtisoslashgan dasturlar, masalan Passbook kabilarga ega. Hozirda cheklangan hizmatga qaramay ushbu dastur xar hil qo‘shimcha bilet, savdo chegirmalari (gift certificate)ni tartiblash imkonini beradi.

Eng muhimi esa, foydalanuvchi tajribasi (user experience) qulflangan. Bu degani – telefoningizning ichki ishlash va ko‘rinishini ko‘nglingiz tusagancha o‘zgartirolmaysiz degani, masalan klaviatura. Lekin texnologiyaga uncha «mukkasidan ketmaganlar»ga yoki kastomizasiya shaydosi bo‘lmaganlarga bu ayni muddao bo’lishi ham mumkin.

Android

Android smartfonlari bo’ylab bozorlik qilar ekansiz, e’tibor beradigan birinchi narsangiz tanlov cheksizligi! Bunchalar ko‘p smartfon ishlab chiqaruvchilarning borligini o‘ziyoq qo‘rquv uyg‘otishi mumkin, kamiga deyarli hammasi o‘ziga xos yaxshi maxsulotini taqdim qilsa. Ko‘pchiligimizga sir emaski nisbatan quyi narxlar ham aynan Androidniki!

Ikkinchidan, Android telefonlarning o‘zgartirish(kastomizasiya)ga sezilarli darajada ochiqligiMisol uchun Google Play ilova do’konidagi eng ommabop dasturlardan SwiftKey bo’lib, u Android smartfoni klaviaturasini o‘zgartirib, Google va Facebook akkauntlaringiz bilan hamohang holda keyingi yozadigan so‘zingizni tahmin qiladi. Android ekotizimini «chuqulash»ning imkoniyatlari deyarli cheksizdir.

Ba’zi Apple App Store’da yo‘q ilovalarning Play Marketda mavjudligi platformaning keyingi ustunligi hisoblanadi. Masalan tizimning asl xususiyatlarini inkor etuvchi – SwiftKey yoki eski o‘yinlarning pultini eslatuvchi dasturlar kabi ba’zi ilovalar Apple tasdig‘idan o‘tmagan.

Google’ning app do’koni Apple’ga hajm bo’yicha yetib olgan. Oktabr oyi ichida, Google ham 700,000 dan ko‘p ilovaga ega ekanligini e’lon qildi.

Qaysi telefonni tanlashingizga qarab foydalanuvchi tajribasi farq qilishi mumkin. Bunga sabab ishlab chiqaruvchilarning tizim ichidagi ixtisoslashgan mavzuni qo‘llashidir. Misol uchun Nexus 4 «tozalangan» Android va Google tomonidan boshqariladi, Samsung Galaxy S III bo’lsa o’zining» Samsunglashgan ifori»ga ega.

«Qolgan ishtirokchilarimiz»

Qolgan ikkita ulkan platformalar – Windows Phone va BlackBerry – o‘z alohida afzalliklariga ega bo‘lsada, Android va iPhonedagi ilovalar ko‘lamiga yetib olishlari vaqt talab qiladi.

Xulosa: iOS va Android ijobiy/salbiy jihatlari

iOS

Android

Axborot Texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari

Axborot Texnologiyalarining asosiy yo’nalishlari

Assalom alaykum.

Ma’lumki, axborot texnologiyalari hozirda har bir sohaga o’zining imkoniyatlari, zamonaviyligi bilan kirib bormoqda. Va shu sohalarda aynan axborot texnologiyalari sababli favqulotda o’zgarishlar, tezkor rivojlanishlar bo’lmoqda. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada axborot texnologiyalaridagi eng asosiy yo’nalishlar va bu yo’nalishda faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, ular turlari, vazifalari haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Bu maqola axborot texnologiyalari sohasiga endi qadam tashlayotgan yosh mutaxassislarga, shu soha va soha mutaxassislarining potensial mijozlariga foydali bo’lishi mumkin.

Odatda har bir soha o’zining kichik yo’nalishlardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, ta’lim tizimida matematika, fizika, tarix. Sog’liqni saqlashda stomotologiya, gastrologiya, lor va hakazo. Bu yo’nalishlarda ko’plab o’xshash qismlar bilan birga, ular orasida juda katta ularni bir-biridan ajratib turuvchi, bir-birini o’rnini to’ldira olmaydigan muhim attributlari mavjud. Axborot texnologiyalari sohasida ham huddi shunday yo’nalishlar bo’lib, bu yo’nalishlar bir-biridan ular mo’ljallangan texnologiylar, vazifalar, rivojlanish bosqichlari bilan ajralib turadi. Demak, quyida axborot texnologiyalari yo’nalishlarning asosiylari izohlari bilan keltirib o’tilgan:

Frontend – ilova, dastur yoki veb saytda yo verstka yo javascript dasturlash tili yoki dasturlsah tilisiz ma’lum bir vazifani bajaruvchi va asosan oddiy foydalanuvchi bilan bevosita har xil turdagi ishlarni bajarishda vositachi, muloqotda bo’luvchi yo’nalish. Bu yo’nalishda asosan internetda har xil xizmatlar yaratilinadi. Bu soha vakillari asosan mijoz «tomonda(brauzerda)» ishlashadi. Ular odatda HTML, CSS, JavaScript, JQuery, Angular.js, React,js dan foydalanishadi.

Bekend(backend) – yoki veb-texnologiylar. Bu yo’nalishning asosiy vazifasi foydalanuvchilardan bilvosita ma’lumolarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va talabga qarab yana qayta yuborishdan iborat, ya’ni bu yo’nalish vakillari ham internetda har xil xizmatlar yaratishadi. Ular PHP, Python, Java, JavaScript(Node.js), C#, MySQL, PostgreSQL yordamida, loyihalarning server tomonida ishlashadi, kod yozishadi. Ularning ishlari oddiy foydalanuvchilarga ko’rinmaydi.

Ilovalar – yoki mobil dasturlar yaratish. Bu yo’nalish mutaxassislari smartfon, planshet kabi qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratishadi. Bunda hozirda asosan 3 ta asosiy operatsion tizim uchun ilova yaratiladi. Bular: Android, IOS va Windows Phone. Bu yo’nalish vakillar o’z ilovalarini ko’p hollarda Java, Object-C, Swift, C# va ba’zi hollarda JavaScript(Cordova, React Native) yordamida dunyoga keltirishadi.

Dizayn – nomidan ham ma’lum bo’lgan bu yo’nalish saytlar, mobil ilovalar, logotiplar, interfeyslar, har xil internet xizmat uchun dizaynlar yaratishdan iborat. Bu yo’nalish mutaxassislarini dizaynerlar deb atashadi.

Tizimlash – axborot texnologiyalardagi eng muhim yo’nalish(mutaxassislik)lardan biri. Bu yo’nalishda ishlaydigan mutaxassislar serverlar, ma’lumotlar omborlari, har xil turdagi tarmoqlar, xavfsizlik tizimlarini yaratish, boshqarish, ularni qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadilar.

Testlash – bu yo’nalishning vazifasi biror bir mahsulot yoki xizmatni mijozga yetkazishdan oldin uni tekshirishdan iborat. Bu yo’nalish vakillari dasturlar, mobil ilovalar, saytlarni tekshirish – testlash bilan mashg’ul bo’lishadi. Ular ba’zi hollarda loyihalarni faydalanuvchilarning yuqori, ko’p sonli so’rovlariga bardoshliligini ham aniqlashadi, tekshirishadi.

Telekommunikatsiya – internet, televideniya, radio va telefon, ya’ni umuman telekommunikatsiya sohasi. Bu yo’nalishga mobil aloqa sohasini misol qilib ko’rsatish mumkin.

Dasturlar – oddiy kompyuter uchun dastur, dasturiy ta’minot yaratish. Bu soha vakillari dasturiy ta’minot yaratish bilan shug’ullanadilar, har xil o’yinlar yaratishlari ham mumkin. Ularning loyihalari to’g’ridan-to’g’ri internet bilan ishlamasligi mumkin.

Menedjment – ya’ni bashqaruv. Bu yo’nalish har bir loyihani to’g’ri rejalashtirilishi, uni amalga oshirilishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, har qanday loyihaning «o’xshashi» yoki «o’xshamasligi» aynan shu yo’nalish vakillariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Ular har xil yo’nalish rahbarlari: kompaniya boshqaruvchilari, loyihani boshqaruvchilar, mahsulotni boshqaruvchilar, ular odamlarni boshqarishlari mumkin, ular loyihalarni boshqarishlari mumkin, ular biznes jarayonlarni boshqarishlari mumkin. Ular asosan loyiha uchun qisman yoki butunlay javobgar bo’lishadi. Ular muhim qarorlar qabul qilishadi, qo’l ostilaridagi boshqa yo’nalish mutaxassislarni boshqarishadi, ularga to’g’ri yo’nalish berishadi.

Marketing – piar, reklama, marketing, qidiruv tizimlarida loyihalarni tarqatish, rivojlantirish bilan shug’ullanishadi. Mahsulot yoki xizmatni bozorda tanitish, rivojlantirish, kerak bo’lsa, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilar bilan oddiy foydalanuvchilar yoki mijozlar o’rtasidagi vositachi hamdirlar.

Savdo – mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan shug’ullanish. Har bir xizmat, loyiha, biznes jarayonning asosiy bo’g’ini bo’lib, bu yo’nalishda faoliyat olib boruvchilarni asosiy vazifalari mahsulot yoki xizmat uchun mijozlar topish, uni mijozlarga sotish hisoblanadi.

Analitika – bu analitikaning har xil turlarIi: tizim analitikasi, ma’lumot analitikasi, biznes-analitika va boshqalar. Bu yo’nalish vakillar kompaniya mahsulot yoki xizmatlarini doimiy ravishda tekshirib borish, kompaniya faoliyat olib boradigan bozorni, kompaniya raqobatchilarini kuzatib borish, kerakli vaqt kompaniyaning mas’ul xodimlariga mahsulot yoki ximat yuzasidan kerakli analitik ma’lumotlarni yetkazishlar kerak bo’ladi. O’z navbatida bu ma’lumotlar mahsulot yoki kompaniya ko’rsatadigan xizmatni rivojlantirish, uni taqdiri, kompaniyaning keyingi istiqboldagi rejalarini tuzish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

Kontent – kontent bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar. Masalan: ko’chiruvchilar, mualliflar, jurnalistlar, tarjimonlar, kontent boshqaruvchilar va boshqalar.

Boshqalar – yuqoridagi yo’nalishlarga oid bo’lmagan. Yagona shart – bu ishlar axborot texnologiyalariga oid bo’lishi kerak.